Главная » 2016 » Август » 19 » Toshkent bozorlarida LeTV X501 smartfoni sotuvga chiqarildi
16:04
Toshkent bozorlarida LeTV X501 smartfoni sotuvga chiqarildi

Yaqinda O‘zbekiston texnika bozorlariga Xitoyning LeTV kompaniyasi smartfonlari kirib kelgani ma’lum bo‘lgan edi. Ushbu kompaniyaning O‘zbekistonda taqdim etilgan ilk mahsulotlaridan biri LeTV X501 smartfoni bo‘ldi. Uskuna 7 millimetr qalinlikdagi, tillarang bo‘yoqqa ega metallik korpus bilan ajralib turadi.

LeTV X501 8 yadroli, 2 GGs takt chastotali Helio X10 (MT6795) protsessoriga, 5,5 dyuymli FullHD displeyga, 3 Gb operativ va 32 Gb doimiy xotiraga, 5 Mp selfi kamerasi hamda 13 Mp asosiy kameraga, tez quvvatlantirish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan 3000 mA/soat hamjli akkumulyatorga ega. Smartfonni barmoq izlari skaneri yordamida ochish mumkin.


LeTV X501 ning texnik tavsifi:Smartfon Android 5.0 operativ tizimida ishlaydi. “Mobinfo.uz”da aytilishicha, 13-avgust holatiga ko‘ra Toshkent texnika bozorida uning narxi 1,3 million so‘mni tashkil etmoqda.

  • 5,5 dyuymli, FHD yechimli IPS displey;
  • SIM-karta uchun ikkita slot;
  • FDD / TD-LTE / WCDMA / GSM va TDS tarmoqlari;
  • 8 yadroli, 2 GGs chastotali protsessor;
  • 3 Gb RAM;
  • 32 Gb ROM (xotira kartasi uchun slot yo‘q);
  • Barmoq izlari skaneri;
  • 13 Mp va 5 Mp kameralar;
  • WiFi 802.11 ac, Bluetooth 4.1, GPS/GLONASS/BDS;
  • USB Type-C, IK-port;
  • Hajmi — 150,1 x 74,2 x 7,6 millimetr;
  • Vazni — 170 gramm;
  • Akkumulyator — 3000 mA/soat, tezkor quvvatlantirish texnologiyasi;
  • EUI 5.5 (Android 5.0);
  • Metallik korpus.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etiladi.

Категория: Texnologiya olami | Просмотров: 307 | Добавил: ixlosmavlon65 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar