Главная » 2016 » Август » 20 » Galaxy Note 7 sotuvga chiqarilishi arafasida Samsung aksiyalari rekord qiymatni qayd etdi
07:08
Galaxy Note 7 sotuvga chiqarilishi arafasida Samsung aksiyalari rekord qiymatni qayd etdi

18-avgust, payshanba kungi sotuvlar yakunlariga ko‘ra Samsung Electronics Co. aksiyalari narxi rekord darajada ko‘tarildi, bu kompaniya kapitalizatsiyasini Xitoyning Alibaba Group Holding Ltd. va Tencent Holdings Ltd. internet-gigantlari darajasiga yaqinlashtirdi. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “Interfaks”xabar bermoqda.

Ayni paytda Samsung’ning bozor narxi Yaponiyaning Sony Corp. kompaniyasinikiga nisbatan besh barobar yuqori, ammo u hanuzgacha AQShning Apple Inc. korporatsiyasidan (562 milliard dollar) jiddiy tarzda ortda qolmoqda.Bozor yopilishiga yaqin Samsung aksiyalari narxi 4,7 foizga ko‘tarilib, 1640 ming vonani (1480 dollar) tashkil etdi. Shu tariqa, kompaniya kapitalizatsiyasi 232 trillion vonaga (210 milliard dollar) yetdi.

2016-yil boshidan buyon kompaniya aksiyalari 30 foizga qimmatlashdi. Bunga, kompaniya moliyaviy ko‘rsatkichlarining yuqoriligi bilan bir qatorda, yangi Galaxy Note 7 smartfonining sotuvga chiqarilishi kutilayotganligi ham sabab bo‘lgani aytilmoqda.

19-avgust kuni sotuvga chiqariladigan smartfonga oldindan 350 mingta buyurtma berildi.

Категория: Texnologiya olami | Просмотров: 364 | Добавил: ixlosmavlon65 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar